Insonga Alloh taolo köriş ne'matini ato qilgani uçun u köriş baxtiga ega böladi. Lekin bu hamma narsaga, ya'ni nomahramlarga va harom qilingan narsalarga qarayveriş degani emas. Şunday ekan, inson qanday qilib bundan özini saqlaşi kerak, nimalarga e'tibor bersa nomahramlarga qaraşdan saqlana oladi. Ana şular haqida batafsil söz yuritsak. Şu örinda ayollarning kiyiniş borasidagi notöğri tuşunçalari erkaklarning bu yöldan saqlaniş örniga ularning toyişlariga sabab bölayotganlari haqida bayon qilamiz.

Hozirgi kunda ayollarimiz bilib-bilmay köçada nomahram erkaklar közi oldida oçiq-soçiq yurişga örganib qoldilar. Hatto mömina ayollarning ham köçaga çiqqanda özlariga oro berib, pardoz-andoz qilib, tor kiyim kiyişlari urfga aylandi. Holbuki, ular uyda öz erlari uçungina özlariga oro berişlari kerak emasmi? Pardoz-andoz vositalari ayolni  atrofdagilarga yanada dilbar, jozibali qilib körsatadi. Vaholanki, şariatda muslima ayol uçun faqat öz eri va mahramlari hamda boşqa muslima ayollargagina ziynatlarini körsatişga ruxsat berilgan. Uyidan taşqarida muslima ayol begona erkaklarga öz çiroyini köz-köz qilib körsatişi dinimizda taqiqlangan. Çunki, ayolning ifori, ziynati, surati, öz gözalliklarini oşkor qilişi erkaklarni öziga moyil qiladi. 

Şu örinda ayollar orqali erkaklarga qanday fitnalar kelişi haqida Qur'on va hadisi şariflarga murojaat qilamiz. 

"Oli Imron" surasining 14-oyatida: "Odamlarga ayollar, bolalar, tuganmas oltin-kumuş boyliklar, (qimmat) baholi otlar, çorva va ekin-tikinlar kabi istak-xohişlarga köngil qöyiş ziynatli qilib qöyildi", deb zikr qilingan. 

Hasan Basriy rohmatullohi alayh şu oyatning tafsirida: "Şayton ularga şu işlarni ziynatlab qöydi" , degan ekan. 

"Niso" surasining 28-oyatida esa Alloh taolo: "Axir inson zaif yaratilingan-da", deb aytadi. Bu oyatning tafsirida Tovus ibn Kiyson: "Inson ayollar işida zaifdir, inson uçun ayollar bilan böladigan har bir iş ustida zaiflik bordir", degan ekan. 

Hadisi şariflardan birida Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Özimdan keyin erkaklarga ayollardan köra zararliroq fitna taşlab ketmadim", deb aytdilar. (Buxoriy va Muslim rivoyati). 

Davomi bor... 

Doniyor Fayz