“Abituriyent” gazetasi  va Özbekiston ingliz tili öqituvçilari uyuşmasi (UzTEA)ning YLDP — "Yoş yetakçilarni qöllab-quvvatlaş loyihasi" tomonidan an'anaviy ötkaziladigan Respublika inşolar tanlovi yana start oldi.  Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari öquvçilari örtasida bölib ötadigan mazkur körik-tanlov ikki bosqiçli bölib, saralaş bosqiçi uçun MY COUNTRY – MY PRIDE (Mening yurtim – mening faxrim) mavzusida inşolar joriy yilning 30 dekabr sanasigaça qabul qilinadi. Ingliz tili mutaxassislaridan tarkib topgan hakamlar hay'ati har bir hududdan ikkita eng yaxşi inşo muallifini tanlab oladi.

12ta viloyat, Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda Toşkent şahridan jami 28 nafar qalamkaş YLDP resurs va trening markazida yiğilib, final bosqiçda iştirok etişadi. Belgilangan vaqt içida nazoratçilar kuzatuvida inşo yozgan qatnaşçilar uçun tadbir doirasida Toşkent şahri böylab sayohat taşkil etiladi. 

Ta'kidlaş joizki, ilk bor Özbekiston ingliz tili öqituvçilari uyuşmasining YLDP loyihasi Respublika miqyosida yoşlar örtasida ingliz tilida inşolar yoziş tanlovini ötkaziş taşabbusini 2014 yilning bahorida körsatgan edi. Har  kuz oylarida an'anaviy tarzda taşkil etiladigan inşolar tanlovida birinçi safar 100dan ortiq, 2015 yil noyabr oyida bölib ötgan kuzgi tanlovda 1000 ga yaqin yoşlar qatnaşgan edi. 

Eslatib ötamiz, Özbekiston ingliz tili öqituvçilari uyuşmasi qoşidagi uşbu loyiha Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Çet tillarini örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora tadbirlari töğrisida”gi Qarori hamda “Özbekistonda yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişning  qöşimça çora tadbirlari töğrisida”gi Qarori va Dasturi ijrosini ta'minlaş maqsadida 2014 yilning fevral oyida taşkil etilgan.

Telefon: +99895 1969799, +998909414262
Email: [email protected]