Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukoviç söroq qilinişi kerak bölgan Kiyevning Svyatoşin tuman sudi yiğilişi 28 noyabrga köçirildi. Bu haqda "112 Ukraina" telekanali xabar bermoqda.
Yanukoviç 25 noyabrda söroq qilinişi kerak edi. Undan avval u sud yiğilişi uçun videoaloqada iştirok etişga tayyorligini tasdiqlagandi.
Sud maslahatlaşib, yiğilişni 28 noyabr Kiyev vaqti bilan soat 13:00ga qoldirişga qaror qilgan.
Sudya videoaloqani taşkillaştirgani uçun Rossiyaning Rostov viloyati sudiga minnatdorçilik bildirgan.
Şu kuni avvalroq sudya Maydanda odamlarni öqqa tutiş işi böyiça ayblanayotganlarni sud yiğilişiga olib kelişning iloji bölmayotgani sababli yiğilişda tanaffus e'lon qilgandi. Jinoiy iş böyiça ötayotganlar – "Berkut" maxsus bölinmasining sobiq jangçilarini ular saqlanayotgan tergov izolyatori "Öng sektor" jangarilari tomonidan tösib qöyilgani sababli sudga keltira olişmagan.
Kiyevda sud yiğilişi bilan boğliq holda xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan, sud binosini 130 politsiyaçi qöriqlagan.
5 nafar sobiq "berkutçilar" 2014 yil 20 fevralda Kiyevdagi Institut köçasida sodir etilgan 48 namoyişçining qotilligida ayblanmoqdalar.
Yanukoviç Ukrainani 2010-2014 yillar davomida boşqargan. U mamlakatni 2014 yil fevralida ommaviy norozilik namoyişlari bilan keçgan hokimiyat özgarişidan keyin tark etgan.

















