Dubay jinoyat işlari sudida heç qayerda işlamaydigan, Dubayda noqonuniy yaşayotgan Özbekiston fuqarosi işi körilmoqda. Özbekistonlik Hindiston fuqarosini piçoq qöllagan holda tunaşda va şuningdek çegarani noqonuniy kesib ötişda ayblanmoqda.
2015 yil 12 mayda Dubayning Al Qusays tumanidagi kompaniyalardan birining boşqaruvçisi öz xodimi bölgan hindistonlikdan valyuta ayirboşlaş punktida 200 ming dirham pulni (55 ming dollar) ayirboşlab kelişini iltimos qilgan. Hind bu pullarni olib, tuşlik vaqtida özi yaşaydigan Naif tumani yaqinidagi ayirboşlaş punktiga yöl olgan. Ayirboşlaş punkti yopiq bölgani sababli erkak pullarni dam oliş vaqtidan keyin ayirboşlaşga qaror qilgan va uyiga yöl olgan. U uyi joylaşgan binoning liftiga kirganda özbekistonlik uning ortidan liftga kirgan. Hind 3-qavat tugmasini, özbekistonlik esa 2-qavat tugmasini bosgan. Biroq özbekistonlik lift 2-qavatda töxtaganda liftdan tuşmagan. Lift 3-qavatda töxtaganda jinoyatçi liftdan çiqayotgan hind qölidan sumkasini tortib olmoqçi bölgan, biroq hind qarşilik körsatgan.
Şunda jinoyatçi yonidan piçoq olib, hindning qorniga muşt tuşirgan va söngra piçoq bilan uning qöl panjalariga zarbalar bergan hamda yuziga muşt tuşirgan. Şundan keyin u hindning qölidan sumkasini yulib olib, zinadan pastga otilgan. Qonga belangan hind uning ortidan borgan, biroq binodan çiqaverişda huşini yöqotgan.
Politsiya jinoyatçini kuzatuv videokameralari yozuvlari hamda u liftda qoldirgan barmoq izlari orqali qölga olgan. Hind jinoyatçi şaxsini aniqlaş vaqtida özbekistonlikka işora qilgan. Özbekiston fuqarosi öz qilmişini va öz qurbonlarini ayirboşlaş punktlari yonida poylab yurganini tan olgan. U şuningdek piçoqni voqea joyi yaqinidagi çiqindi idişiga taşlab ketganini aytgan. U jinoyatni moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelgani sababli sodir etgani hamda pullarni Özbekistonga jönatib yuborganini ma'lum qilgan.
Ta'kidlanişiça, sud uşbu işni 28 noyabrda davom ettiradi.











