Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Xamadandagi bazaga Rossiya harbiy samolyotlari qaytishi mumkinligini aytdi
Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon Rossiya harbiy-koinot kuchlari Xamadan viloyatidagi bazadan foydalanishlari mumkinligini aytdi. Bu haqda Tasnim News xabar bermoqda. Tehron Rossiya bilan Suriyaning qonuniy hukumatini qo‘llab-quvvatlashga imkon beradigan hamkorlikka tayyor.
Hozircha Rossiya harbiylari tomonidan Dehqon bayonotiga munosabat bildirilmadi.
Rossiya harbiy-koinot kuchlari bu bazadan joriy yilning avgustida foydalangan, biroq uni tomonlar orasida vujudga kelgan "ba'zi tushunmovchiliklar" sababli tark etgandi.
"Kommersant'" nashridagi manbaning tushuntirishicha, kelishmovchiliklar Moskva Eron bazasini to‘laqonli harbiy obekt sifatida qo‘llashni mo‘ljallagani va u yerda harbiy kurol joylashtirishni rejalashtirgani sababli vujudga kelgan. Biroq Tehronni bu variant qoniqtirmagan. O‘shanda Dehqon rossiyalik harbiylarni "ma'lum darajada o‘zini katta tutishda va nojyentlmencha xatti-harakatda" ayblagandi.
Rossiya Xamadandagi bazada Suriyada terrorchilar pozitsiyalariga qarshi hujumlarda ishtirok etuvchi Tu-22M3 strategik bombardimonchilari va Su-34 ko‘p maqsadli samolyotlarini joylashtirmoqchi bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:13
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026