Heç qanday maxsus moslamalarsiz baland binolarni zabt etişi tufayli "örgimçak odam" deb nom olgan taniqli fransiyalik alpinist Alen Rober Ispaniyaning Barselonasidagi Agbar osmonöpar binosini zabt etdi. Bu haqda El Periodico naşri xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, Roberga bu safar ham heç qanday ehtiyot vositalari kerak bölmagan. Ma'lum qilinişiça, fransuz bu binoni 2006 va 2007 yillarda zabt etgan.
Agbar minorasi 38 qavatli bino bölib, Kataloniya viloyatining eng baland binolaridan hisoblanadi. Uning balandligi 145 metrni taşkil qiladi.
54 yoşli Rober antiqa natijalari tufayli Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan. Uning hisobida butun dunyo böylab köplab zabt etilgan baland imoratlar bor. Jumladan, fransuz Parijdagi Total binosi, Kuala-Lumpurdagi Petronas minoralari, Moskva davlat universitetining boş binosi, dunyodagi eng baland imorat – Dubaydagi "Burj-Xalifa" binosini zabt etgan.
Rober avvalroq jurnalistlar bilan suhbatda sevimli maşğuloti bilan 65-70 yoşigaça şuğullaniş istagi borligini ma'lum qilgan.












