Ğazo sektoridagi falastinlik jarrohlar çorşanba kuni yangi tuğilgan siam egizaklar - bir yurak va bir tana boğlab turuvçi qizçalarning hayotini hal qiluvçi tibbiy muhokamaga kirişişdi. Reuters agentligi şu haqida ma'lum qildi.
"Biz ularni şunçaki egizaklar deb öylab, biror bir muammoga duç kelişni xayolimizga ham keltirmagan edik, biroq kutilmaganda siam egizaklari dunyoga keldi", - dedi Ğazo şahridagi Aş-Şifo kasalxonasi bolalar şifokori Xannon Al-Ueyd.
Siam egizaklari seşanba kuni keserça kesiş yöli orqali dunyoga keldi. Hozirda ular intensiv davolaş bölimida qat'iy nazorat ostida. Qizçalarga hozirça ism tanlanmadi.

Şifokorlar ularni jarrohlik yöli bilan ajratiş borasida hali biror qarorga kelişmadi. Ular qizçalarni ajratişga urinib körgan taqdirda ham, bu operatsiyani Ğazoda bajariş imkoniyatini körib çiqişlari yoxud ularni Isroil yo biror boşqa xorijiy davlatga köçirişlari kerak böladi.
"Qizçalarni ajratiş juda qiyin masala, çunki ularni köp organlari birlaştirib turadi, boz ustiga ularning yuragi xasta", - deydi Ueyd.
Reuters televizion kadrlarida körsatilişiça, gödaklar böyin sohasidan boğlangan va ular inkubatorning içida zörğa nafas olişmoqda.
Şifokorlarning sözlariga köra, siam egizaklarining yaşovçanligi 5-25 foizni taşkil qiladi. Siam egizaklarining taxminan 70 foizi - qiz bolalar.












