Özbekistonning rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olişi — yurtimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlardan közlangan asosiy maqsadlardan biridir. Mamlakatimiz ötgan davrda turli qiyinçiliklarni yengib ötib, rivojlaniş yölidan dadil bormoqda. Vaholanki, bir paytlar ayrim ekspert doiralarida Özbekiston taraqqiyot yöli muvaffaqiyatiga işonmaganlar ham bölgan edi.

Bugun mamlakatimiz xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a'zosi sifatida ta'lim, soğliqni saqlaş, tadbirkorlik, fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş hamda xavfsizlikni ta'minlaş sohasida ulkan marralarni egallamoqda. Bu yutuqlar jahonning yetakçi reyting agentliklari tomonidan e'tirof etilayotir. Ayni damda dunyo jamoatçiligi Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi böyiça olib borilayotgan saylov kampaniyasini katta qiziqiş bilan kuzatayotgani ham bejiz emas, albatta.

Muxbirimizning Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a'zosi, tarix fanlari doktori, professor Temir ŞIRINOV bilan suhbati ana şu jarayon haqida böldi.
— Haqiqatan ham, dunyo hamjamiyati nigohi yurtimizda keçayotgan qizğin jarayonga qaratilgan, — deydi T. Şirinov. — Joriy yilgi saylov kampaniyasini yoritiş uçun biz jahonning 30 ta mamlakati axborot agentliklari jurnalistlarini akkreditatsiyadan ötkazdik. Bundan taşqari, 500 nafardan ortiq xalqaro va xorijlik kuzatuvçilar saylovni kuzatişda iştirok etiş istagini bildirişdi. Ular MDH, Osiyo, Afrika, Yevropa hamda Amerikaning 40 mamlakati huquqşunos-olimlari, -siyosatşunoslari, jamoat arboblari, parlament va saylov organlari vakillaridir. Mamlakatimizga Şanxay hamkorlik taşkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Islom hamkorlik taşkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Ijroqömi singari xalqaro taşkilotlardan kuzatuvçilar missiyalari yuborildi. 1999 yildan beri birinçi marta YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosining uzoq va qisqa muddatli kuzatuvçilaridan iborat tölaqonli missiyasi saylovni kuzatadi.

Xalqaro hamjamiyatning Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bunday e'tibori, avvalambor, mamlakatimizda mustaqillik yillarida şakllantirilgan demokratik institutlar barqarorligi va mustahkamligidan, amalga oşirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlar samaradorligidan, fuqarolik jamiyati rivojlanganidan dalolatdir. Bundan taşqari, saylov natijasi nafaqat Özbe-kistonning kelajak taraqqiyot yölini belgilab beradi, balki Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikning kafolati bölib xizmat qiladi. Çunki Özbekiston mintaqaning eng muhim davlatidir.
— Saylovning umume'tirof etilgan xalqaro standartlarga mosligi uning demokratiya, haqqoniylik va adolatlilik tamoyillari asosida ötkazilişini ta'minlaydi. Özbekiston saylov tizimini şakllantirişda bu jihatlar qanday örin tutadi?