Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 25 noyabr kuni Qaşqadaryo viloyati saylovçilari bilan uçraşdi.

Videokonferensiya şaklida taşkil etilgan uçraşuvni Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Qarşi şahar kengaşi raisi R.Murtazoyev oçdi. Prezidentlikka nomzodning işonçli vakili O.Ravşanov yiğilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan taniştirdi.

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov öz saylovoldi dasturi yuzasidan nutq sözladi.

Qaşqadaryo viloyati yuksak iqtisodiy salohiyati, rivojlangan sanoati va qişloq xöjaligi bilan mamlakatimiz taraqqiyotida muhim örin tutadi. Mamlakatimizda qazib çiqarilayotgan tabiiy gazning 70 foizi, neftning qariyb 78 foizi, gaz kondensatining 80 foizi, ğallaning 13 foizdan ortiği, paxtaning 14 foizdan ziyodi uşbu viloyat hissasiga töğri keladi. Yurtimizda sanoat mahsulotlarining 9,5 foizi aynan şu viloyatda işlab çiqarilmoqda.

“Şörtanneftgaz”, “Muborakneftgaz” korxonalari, “Şörtan gaz-kimyo" majmuasi, Muborak gazni qayta işlaş zavodi, Dehqonobod kaliyli öğitlar zavodi, Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi, “Hisor-neftgaz” kabi yirik işlab çiqariş quvvatlari mamlakatimiz iqtisodiy rivojida alohida ahamiyatga ega.

Nomzodning saylovoldi dasturi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat'iy amal qiliş, milliy manfaatlarga sodiqlik, mamlakat mustaqilligini asraş va mustahkamlaş, Vatan ravnaqi, yurt tinçligi, xalq farovonligini ta'minlaş, fuqarolararo va millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlaş orqali Özbekistonning boş strategik maqsadi – rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qöşiliş, jahon hamjamiyatida munosib örin egallaşga qaratilgani ta'kidlandi.

Kam ta'minlangan oilalarga har oyda tölanadigan moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalarni oşiriş, öz biznesini taşkil etişi uçun maqsadli foydalaniş şarti bilan, tegişli davrda tölanadigan mablağlar summasini bir martalik tölov şakliga ötkaziş mexanizmini joriy etiş, şuningdek, ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlar va xizmatlar narxini şakllantiriş ustidan davlat va jamoatçilik nazorati samaradorligini yanada oşiriş orqali narxlar va tariflarning ösişi inflyatsiya darajasidan yuqori bölmasligini ta'minlaşga alohida e'tibor qaratilgan.

Uçraşuvda Qarşi şahridagi 3-oilaviy poliklinika boş şifokori M.Bozorova, Qarşi sanoat kasb-hunar kolleji direktori B.Aşurov, Qarşi şahridagi 29-umumta'lim maktabi direktori J.Töraqulova, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengaşi xotin-qizlar ijtimoiy siyosiy faolligini oşiriş sektori mudirasi Ş.Xudoyqulova va boşqalar nomzodning saylovoldi dasturi va unda belgilangan vazifalar xususida fikr bildirdi. Saylovçilarni Vatanimiz kelajagini ta'minlaşda muhim ahamiyatga ega bölgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol iştirok etişga çaqirdi.