Isroil poytaxti Tel-aviv şahri aholisi şahar osmonida röy bergan ğayrioddiy hodisa guvohiga aylanişdi. 

Gap şundaki, şahar osmonida ulkan bulutlar tödasi yirik aylana hosil qilib markazga harakatlangan. Bunda ayni jarayon sodir böliş vaqtida kuçli şovqinli ovoz ham eşitilgan. Bir soatlardan söng, bulut tarqab, şovqin yöqolgan.

Voqeaga guvoh bölganlar, Qiyomat qoim boşlanişiga odamlarni işontirmoqçi bölişgan. Ular, öz fikrlariga Tavrotda osmondan kuçli surnay ovozi kelişi bilan bu dunyo hayoti yakunlanişi haqida aytilganini asos qilişgan. Bundan taşqari, ayrimlar, Isroildagi masjidlarda ovoz kuçaytirgiçlar orqali azon aytiş taqiqlanişi sababli şu kabi holatlar vujudga kelganini ta'kidlaşmoqda.

Muqaddas Islom dini aqidalariga köra, Qiyomat sodir bölişi aniq va u osmonda dahşatli surnay çalinişi bilan boşlanadi, biroq, uning qaçon va qayyösinda boşlanişini Yaratgandan boşqa heç kim bilmaydi.