Kuba inqilobi yetakçisi Fidel Kastroning ölimi Havana va Vaşington örtasidagi munosabatlarni yaxşilaş yölida tösiq hosil qilişi mumkin. Bu haqida Ispaniyaning El Pais gazetasi xabar berdi.
"Fidel Kastroning ölimi AQŞ va Kuba örtasidagi munosabatlarning bundan keyin normallaşuviga doir masalalarga noaniqlik kiritadi. Bu munosabatlar AQŞ prezidentligi saylovlarida respublikaçi Donald Trampning ğalabasidan keyin şundoq ham katta söroq ostida qolgandi. Amerikaning yangi saylangan prezidenti, demokrat Barak Obama tomonidan boşlab berilgan Havana bilan munosabatlarni davom ettiriş yoki ularga çek qöyiş borasida qaror qabul qilişiga töğri keladi", - deya ta'kidlanadi naşrda.
Manbada qayd etilişiça, Fidel Kastro öz vaqtida ukasi - Raul Kastroning AQŞ bilan diplomatik aloqalarni yölga qöyiş taşabbusiga qarşilik qilmagan. Biroq maqolada keltirilişiça, bu Kuba rahbariyatida uşbu taşabbusni hamma birdek qöllab-quvvatlaganini bildirmaydi.
Öz navbatida, Tramp saylov oldi kampaniyasida Havana bilan munosabatlarning tiklanişini xato deb atadi. U Havanada demokratik özgarişlar yuz bergunga qadar AQŞning Kubaga nisbatan joriy qilingan barça çeklov çoralarining saqlanib qoliş tarafdori.
El Pais Donald Tramp öz lavozimiga kirişganidan keyin Kubaga nisbatan munosabatini özgartirmasligiga işora qildi. Bu bölğusi ma'muriyatning Kubaga qarşi embargoni davom ettiriş tarafdorlaridan tuzilayotganligi bilan izohlandi.
26 noyabr kuni Kubaning hozirgi yetakçisi Raul Kastro akasi Fidelning 90 yoşda vafot etganligi haqida e'lon qildi.
AQŞ va Kuba örtasidagi munosabatlar Barak Obamaning hukumat tepasiga kelganidan keyin yaxşilana boşladi. Amerika rahbari mart oyida Kubaga taşrif buyurdi va u yerda mamlakat yetakçisi Raul Kastro bilan uçraşdi. Bu 1928 yildan buyon AQŞ prezidentining uşbu orolga ilk taşrifi böldi. Bugungi kunda Amerikaning köplab kompaniyalari Kuba bozoriga töğridan-töğri çiqa boşlaşdi. Biroq orolda bunga nisbatan çeklovlar hali ham qisman saqlanib qolgan.












