Gruziya parlamenti deputatlari Georgiy Kvirikaşvilini boş vazir lavozimiga va Gruziya yangi hukumatining tarkibini tasdiqlaşdi.

Boş vazir va yangi hukumatga 110 deputat işonç bildirdi, 19 nafari qarşi çiqdi. 

Parlament raisi Irakliy Kobaxidze ovoz berişdan keyin Georgiy Kvirikaşvili va yangi hukumat tarkibiga işonç bildiriş haqidagi qarorni imzolagan. Spiker uşbu qaror "bugunoq Gruziya prezidenti Georgiya Margvelaşviliga yuborilişini" aytgan. 

Mavjud qoidalarga köra, Gruziya prezidenti uşbu qarorni ikki kun içida imzolaşi kerak.

18 noyabrda işini boşlagan mamlakatning yangi parlamentida konstitutsion köpçilik "Gruziya orzusi" partiyasiga tegişli (150 örindan  115 tasi). Uşbu partiya 18 noyabrda 2015 yil 29 dekabrdan Gruziya boş vaziri lavozimini egallab kelgan Kvirikaşviliga yana hukumatga boşçilik qilişni taklif qilgan.

Gruziya konstitutsiyasiga muvofiq, 2013 yildan boş vazir ijroçi hokimiyatning rahbari hisoblanadi. Prezident rasman davlat rahbari bölib qolsa-da, biroq uning vakolatlari kuçli darajada çeklangan.