Indoneziyaning yoş startaplari ajoyib körsatkiçni qayd etdi: mahalliy GoJek startapi raqibi bölmiş Uber'ning bozordagi uluşini egallab olişga muvaffaq böldi.
GoJek köp jihatlari bilan Uber'ga öxşaşib ketadi. Biroq GoJek avtomobillarga emas, motorollerlarga e'tibor qaratadi. Bu esa startapga bir neça muhim afzalliklarni beradi.
Birinçidan, rivojlanayotgan davlatlarda odamlar maşinalarga nisbatan köproq skuterlardan foydalana olişga qurbi yetadi. Bu esa kompaniyaga yetarliça haydovçilar sonini ta'minlab beradi. Skuterlar egalarini e'tiborini tortiş maqsadida GoJek Indoneziyada ança keçroq paydo bölgan Uber'ga nisbatan içki bozorda zarur masştabni tezroq yetkazib beradi.
Startap tilida masştablaştiriş deb kompaniyaning operatsion xarajatlarni köpaytirmasdan daromadlarni oşiriş qobiliyatiga aytladi. Ikkinçidan, Jakarta kabi aholi ziç joylaşgan şaharlarda skuterlar mobillik sifatida juda qulay va muqobil tanlov bölmoqda.
Nihoyat, GoJek öz dasturini köplab aloqador xizmatlarga joylamoqda. Dasturning hozirgi versiyasida skuter yoki avtomobilda narsalar taşişga buyurtma beriş, köçiş uçun yuk maşinalarini çaqiriş, kinoga çipta bron qiliş, mahalliy bozordan mahsulotlar oliş va hattoki, uyga massajçi yoki kosmetologni çaqiriş mumkin.
Özining an'anaviy bozorida Uber mahsulotlar yetkazib beriş kabi xizmatlarini endi kengaytira boşlamoqda. Kompaniya bu borada öz raqiblaridan sezilarli darajada ortda qolmoqda.
Mahalliy bozorni bilişi va aloqalar GoJek'ga Uber'dan özib ketişiga yordam berdi.
Öz mijozlari istagini töğri tuşuniş orqali startap öz dasturida aynan mahalliy iste'molçilar va töğri keladigan funktsiyalarni birlaştira oldi.
Sönggi raund doirasida 550 mln dollar hisobida moliyani qölga kiritgaç, GoJek endilikda 4 mlrd.ga baholanmoqda. Quyidagi mablağlar yordamida GoJek barça hudud böylab mobil personal xizmatlar bozorida töliq yetakçi örinni egallaşi mumkin — bu bozorni esa mobil aloqaga yuqori darajada boğlangan 650 mlndan ortiq inson taşkil etadi. GoJek — Kremniy vodiysidagi katta va yaxşi moliya kiritilgan raqobatçilaridan özib ketişi mumkin bölgan va bozordagi kattagina uluşni olib qöyadigan yagona indoneziyalik startap emas.












