UFC (Mutlaq jangçilar çempionati) rasmiy sayti ma'lum qildiki, irlandiyalik Konor Makgregor yengil vazn toifasida Joze Aldoni yengiş orqali qölga kiritgan kamaridan Eddi Alvaresga qarşi yengil vazn toifasidagi çempionlik uçun ötkazgan jangi tufayli mahrum bölgan.
Endilikda braziliyalik Joze Aldo yengil vazn toifasida yangi çempion sanaladi. Unga da'vogar böliş uçun Maks Xollouey va Entoni Pettis örtasida UFC 206 turniri doirasida jang keçadi. Bu qarama-qarşilik ğolibi Aldo bilan 2017 yilda uçraşadi.
Konor Makgregor 13 noyabr kuni Alvaresni yengib, bir vaqtning özida ikki vazn toifasida UFC çempioni bölgan birinçi jangçiga aylangandi.
Makgregor öz faoliyatini 2008 yili boşlagan. Ötgan vaqt davomida u 23 jang ötkazib, 20 ğalaba (17 nokaut) va 3 mağlubiyat qayd etgan. U ilk UFC çempionligini 2015 yilda qölga kiritgan.
U Neyt Diasga qarşi şu yilning 20 avgustida ötkazilgan jang uçun taşkilot tarixidagi rekord darajada gonorar oldi - 3 mln dollar.












