Sport | 12:13 / 27.11.2016
8626
2 daqiqa o‘qiladi

Maradona: Fidel Kastro men uchun ikkinchi ota kabi edi

Argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Maradona Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro o‘zi uchun ikkinchi ota kabi bo‘lgani haqida ma'lum qildi. Uning so‘zlari AFP tomonidan keltirilgan.

Kastro 26 noyabr kuni 91 yoshida olamdan o‘tdi.

«Bu dahshatli kun. Shubha yo‘qki, buyuk inson bizni tark etdi. Men juda qayg‘udaman. U men uchun ikkinchi otam kabi edi», degan Maradona.

Futbolchining so‘zlariga qaraganda, Kastro oxir-oqibat unga giyohvandlik balosidan qutulishda yordam bergan. «U men bilan giyohvand moddalar, tiklanish va men buni uddalay olishim haqida juda ko‘p gaplashgan», — deya ta'kidlab o‘tgan futbolchi.

Futbolchi bir necha yil Kubada istiqomat qilgan va u yerda giyohvand moddalarga tobelikdan davolangan. Maradonaning tanasidagi tatuirovkalardan birida Fidel Kastro aks etgan.

Kastro 1976 yildan buyon Kuba davlat kengashi va vazirlar mahkamasi raisi bo‘lgan. U Inqilobiy qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni va Kuba milliy mudofaa kuchlari raisi bo‘lgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid