"Respublikaçilar" öng-markazçilar partiyasi vakili Fransua Fiyon Fransiya prezidenti lavozimiga saylovlarda nomzodini qöyiş huquqini qölga kiritiş uçun ötkazilgan saylov – praymerizning 2-turida 67 foiz ovoz töplay oldi. Şu tariqa u 2017 yilda Fransiyada ötadigan prezidentlik saylovlarida partiyadan iştirok etadigan nomzod böldi. 2-tur natijalariga köra Fiyon raqibi – Bordo meri Alen Jyuppeni 30 foizga ortda qoldirdi.
Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi Fiyonni ğalaba bilan tabrikladi va "Respublikaçilar"ni partiyadan yagona nomzod atrofida birlaşişga çaqirdi. Öz navbatida Jyuppe ham Fiyonni qöllab-quvvatlaşga va'da berdi va saylov natijalarini tan oldi.
"Fransiya haqiqatni, Fransiya işlarni istaydi", deb aytdi Fiyon ğalabasidan keyin. U şuningdek "davlatga xizmat qilişni istagan barçaga qölini çözişini" aytgan. Avvalroq Fiyon Rossiyaga qarşi sanksiyalarni bekor qilişga ovoz bergandi va "AQŞdan rozilik sörab ötirmay, aloqalarni tiklaş uçun ruslar bilan muzokaralar stoli atrofiga ötirişni" taklif qilgandi.












