Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy poytaxt megapolisining temir yo‘l tarmoqlariga 36 mlrd dollar investitsiya kiritadi
Xitoy hukumati qiymati 247 mlrd yuan (36 mlrd dollar) bo‘lgan temir yo‘llarni rivojlantirish rejasini tasdiqladi. Islohot Pekin, Tyantszin va Xebey viloyatini qamrab oluvchi Tszin-Tszin-Tsi megapolisida tarmoqlarni yaxshilashga qaratiladi, deb yozmoqda Reuters.
Xitoy rivojlanish va islohotlar bo‘yicha Milliy komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, reja o‘n loyihani o‘z ichiga qamrab olib, ularning umumiy uzunligi 1100 km temir yo‘lni tashkil qiladi. Bu loyihalar 2030 yilda qurib bitkazilishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, hozirda uch viloyat aholisi soni 110 mln kishini tashkil qilib, uning maydoni — 212 ming kv. km.ga teng.
Mavzuga oid
00:34
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026