Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil AQShdan 5-avloddagi qiruvchi samolyotlari sotib oladi
Isroil vazirlari AQShdan 5-avloddagi F-35 qiruvchi samolyotlaridan yana 17 ta sotib olishni ma'qullab, mamlakat harbiy-havo kuchlari tarkibida ularning sonini 50 taga yetkazib qo‘yishga qaror qildilar. Bu haqda Isroil hukumati matbuot xizmati ma'lum qilgan.
Isroil dekabrdayoq birinchi ikkita F-35’ni olishga umid qilmoqda. Bu samolyotlar Yaqin Sharqdagi birinchi 5-avloddagi samolyotlar bo‘ladi.
Shu tariqa, Isroil harbiy-havo kuchlari qurollanishiga kiritiladigan bu samolyotlar soni 50 taga yetadi.
Isroil generallari avvalroq bunday samolyotdan 75 dona olishga umid qilayotganlari hamda samolyotning asosiy versiyasidan tashqari, qisqa parvoz qilish va vertikal qo‘nish imkoniyatiga ega bo‘lgan F-35B modeliga ham ko‘z tikayotganlari ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026