Isroil boş vaziri va AQŞ prezidenti Eron bilan uruş boşlanganidan beri ilk marta yuzma-yuz körişdi. Netanyahu uruşni davom ettirişga köndiriş orqali, oktyabrdagi saylovda hokimiyatini saqlab qolişga umid qilmoqda. Zelenskiy esa Trampni Rossiya bilan uruşda Kiyevning ustunligiga işontirgan holda, Patriot raketalarini işlab çiqariş uçun ruxsat oldi. Rossiyaga qarşi AQŞning yangi sanksiyalari böyiça ham siljiş bor.
28 iyul kuni Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Vaşingtonga kelişdi. Ular ertasi kuni AQŞlik taniqli senator, marhum Lindsi Grem bilan vidolaşuv marosimida qatnaşişdi.
Aytiş kerakki, Netanyahu keyingi beş oyda birinçi marta Tramp bilan yuzma-yuz körişmoqda. AQŞ va Isroil şu yilning 28 fevralida birgalikdan Eronga hujum qilişdi. Tramp va Netanyahu uşbu hujumdan bir neça kun oldin körişişgan edi. Oradan beş oyça vaqt ötib, ularning munosabatlari töliq özgarişga uçradi.
Boşida Tramp Netanyahuga töliq işondi, va şu işonç asosida Eronga hujum uyuştirdi. Biroq Tramp Eron borasida biron bir maqsadiga erişa olmadi. Aksinça, endi Eron Hörmuz böğozini nazoratiga olmoqda. Neft narxi oşib ketdi. Trampning Eronga qarşi harakatlari hamma tomondan “fiasko”ga uçradi.
Tabiiyki, Eronga hujumning asosiy mafkuraçisi – bir neça ön yillardirki, Netanyahu va Isroil davlati hisoblanadi. Endi, Tramp “Eron qopqoni”dan qanday çiqişni bilmaydi, va şu sabab Netanyahuni yomon körib qoldi.
AQŞ – Isroilning dunyodagi eng asosiy, balki yagona çinakam homiysi, himoyaçisi, ittifoqçisi. AQŞsiz Isroil uzoq yaşay olmasligini hamma biladi. Garçi vaqti-vaqti bilan Isroil liderlari “biz mustaqil davlatmiz, AQŞning maslahatlariga muxtoj emasmiz” deya jizzakilik qilişsa-da, aslida AQŞsiz Isroil himoyasiz davlatga aylanib qolişini rasmiy Tel-Aviv yaxşi tuşunadi. Şuning uçun Netanyahu oldida Trampni avraş, unga yaxşi köriniş, uni manipulyatsiya qilişdan boşqa çora yöq. Va Netanyahu bu borada bor mahoratini, sabrini va imkoniyatlarini işga soladi.
Xabarlarga qaraganda, Tramp bu safar ham Netanyahu bilan körişişga unçalik röyxuşlik bermagan. Netanyahu va uning lobbisi bir neça kun mobaynida Trampdan qabul qilişlarini iltimos qilgan. Bu uçraşuv ikki lider uçun ham “zarurat” deya talqin qilingan.
Tramp oldida ham, Netanyahu oldida ham muhim saylovlar turibdi. Noyabr oyida AQŞda oraliq saylovlar. Oktyabr oyida esa Isroilda parlament saylovlari. Eronga qarşi uruş borasida esa mana şu ikki saylov qarama-qarşi talqin qilinadi. Ya’ni, Tramp uçun qandaydir “möjiza” kerakki, “mana, Eron ustidan ğalaba qozondik” yoki “Eronni şartlarimizga köndirdik!” deya olsa. Biroq Eron Trampning şartlariga köniş niyatida emas. Netanyahu uçun esa, Eronga qarşi keng kölamli uruş bölsa, şuning özi yetadi. Çunki Isroil aholisi Eronga qarşi uruşni ijobiy qabul qilişi va “Likud” partiyasiga ovoz berişi mumkin.

















