Italiyaning La Stampa naşri "Rossiyaga işoniş vaqti keldi, terrorga qarşi umumiy front" sarlavhasi ostida Vladimir Putinning maqolasini çop etdi. Unda özaro işonçsizlik yuki turli xatarlarga samarali javob topişga xalaqit berişi aytilgan.

Maqolada aytilişiça, sovuq uruş vaqtidayoq yaratilgan NATO barça tasdiqlarga qaramasdan, yangi şaroitlarga moslaştirilmagan.

Maqolada Rossiyaning ba'zi hamkorlari dunyo muammolarini hal qilişga umuman intilmayotganlari aytilgan. 

"Biz Afğoniston, Iroq, Liviya va boşqa davlatlarda nima bölayotganini körmoqdamiz. Qiziq: terrorçilik va ekstremizmga qarşi kuraşning natijalari qani? Umuman, agar biz butun dunyoga qarasak, mintaqa darajasida, ba'zi sohalarda, muayyan natijalarga erişganmiz, biroq terrorçilikka qarşi kuraş muvaffaqiyat bilan yakunlanmagan va xatar hali ham ösişda davom etmoqda", deyilgan maqolada.  

Maqola Putinning Valday forumidagi nutqining xalqaro muammolarga bağişlangan qismining tarjimasidan iborat. Putin bu nutqida quyidagilarni aytgandi: "Iqtisodiy kuçni va siyosiy ta'sirni qayta taqsimlaş bilan boğliq ziddiyatlar faqatgina köpaymoqda, özaro işonçsizlik yuki dunyo hamjamiyati oldida turgan haqiqiy çaqiriq va xatarlarga samarali javob berişimiz uçun imkoniyatlarimizni toraytirmoqda".  

Putinning fikriça, bu vaziyat "çorak asr avval ba'zi davlatlarning elitalari tomonidan qilingan xato, şoşqaloq, öziga işongan holdagi tanlovning" oqibati bölgan.  

Maqola Putinning suverenitet va Rossiyaning dunyodagi ahamiyati haqidagi sözlari bilan yakunlangan. 

"Bizda suverenitet butun xalqaro munosabatlar tizimining markaziy tuşunçasi borasida şubha yöq. Uni hurmat qiliş, mustahkamlaş – bu ham milliy, ham xalqaro darajada tinçlik va barqarorlik garovidir. Rossiya kabi ming yillik tarixiga tayanadigan davlatlar kam emas va biz özimizning öxşaşligimiz, erkinligimiz va mustaqilligimizni qadrlaşga örganganmiz. Biz şu bilan birga global hukmronlikka, qandaydir ekspansiya, kimdir bilan ixtilofga borişga intilmaymiz", deb aytgan Putin.

"Bizning tuşunçamizda bugungi kunda haqiqiy yetakçilik xayoliy xatarlarni öylab topib, ulardan foydalanib qolganlarni öz ostiga bosib olişdan emas, balki real muammolarni köriş, ularni hal qilişda davlatlar sa'y-harakatlarini birlaştirişga kömak berişdan iborat. Rossiya bugungi kunda özining dunyo işlaridagi rolini aynan şunday tuşunadi", deb ta'kidlab ötgan Putin.