Janubiy Koreya muxolifati mamlakat parlamentida prezident Pak Kin Xega impiçment e'lon qiliş böyiça ovoz berişni 2 dekabrda ötkazişni rejalaştirmoqda. Bu haqda respublikaning ikkita yirik muxolifat kuçlari - "Toburo" demokratik partiyasi va Xalq partiyasi vakillari bayonot berişdi.
"30 noyabrda biz impiçment töğrisidagi qonun loyihasini tayyorlab bölamiz va uni parlament muhokamasiga kiritamiz. Juma, 2 dekabrda u böyiça ovoz beriş ötkazilişi mumkin", - deyiladi muxolifatning qöşma bayonotida.
Prezidentni hokimiyatdan çetlatiş borasida ilgari surilayotgan asosiy sabablar sifatida, "Pak Kin Xening konstitutsiyani buzgani", hamda "poraxörlik, hokimiyatdan ğarazli maqsadlarda foydalaniş, davlat sirini foş qiliş" kabilar ilgari surilmoqda.
Realmeter ijtimoiy xizmatining xabariga köra, prezident bilan boğliq korrupsiya mojarosi oqibatida hukmron "Senuri" partiyasining mahalliy aholi orasidagi tarafdorlari soni 2,8 foizga pasayib, 16,2 foizni taşkil etgan.
"Hukmron partiya obrösi tuşib borayotgan bir vaqtda, muxolifatni qöllab-quvvatlaş darajasi ortib borayapti". Hozirda, "Toburo" demokratik partiyasini ma'qullovçilar soni 2,5 foizga ösgan va 33 foizga yetgan.
Eslatib ötamiz, Janubiy Koreyada prezident Pak Kin Xening dugonasi bilan boğliq "Çxve Sun Sil işi" mamlakatda keskin noroziliklar va jiddiy siyosiy mojaroga sabab böldi.
Respublika Konstitutsiyasiga köra, amaldagi davlat rahbariga nisbatan faqatgina davlatga xiyonat moddasi bilan jinoiy iş qözğatilişi mumkin.

















