Özbekistonda nazorat qiluvçi organlar faoliyatiga baho berişda ular tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklar, huquqiy çoralar köriş soni hamda xöjalik yurituvçi sub'yektlarning mulklarini davlat hisobiga musodara qiliş holatlariga köra baho berişni taqiqlaş rejalaştirilmoqda. «Xöjalik yurituvçi sub'yektlar faoliyati ustidan davlat nazorati töğrisida»gi qonunga şu mazmundagi tuzatişlar kiritiş loyihasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokamaga qöyilgan.

Unga köra, davlat nazorat organlarining iş samaradorligini quyidagi mezonlar orqali aniqlaş taklif qilinmoqda:

Xöjalik yurituvçi sub'yektlarning qonunçilik va boşqa me'yoriy hujjatlarga rioya qilişi samaradorligining oşişi, ularning tizimli ravişda qoidabuzarliklarga yöl qöymasligi;

Xöjalik yurituvçi sub'yektlarni tekşiriş çoğida aniqlangan xatolarni tuzatişga yönaltirişlar soniga köra;

Tekşiruvlar natijasida xöjalik yurituvçi sub'yektlarni batamom yöqotişga olib keluvçi hollarning oldi olinişiga binoan.

Bundan taşqari, qonunga «xöjalik yurituvçi sub'yektlar orasida qoidabuzarliklarning oldini oliş böyiça tadbirlar» tuşunçasini kiritiş közda tutilgan.  

Ötkazilayotgan tekşiruvlar natijalaridan kelib çiqqan holda, xöjalik yurituvçi sub'yektlarning qonunçilik talablarini qasdsiz buzişlari sababini aniqlaş böyiça tahlillar ötkazişni yölga qöyiş ilgari surilmoqda. 

Mazkur qonun va boşqa qator qonunçilik aktlariga tuzatişlar kiritiş töğrisidagi loyihalar Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyevning 2016 yil 5 oktabrdagi qaroriga binoan tayyorlangan.