Biz oldinroq, «PROFI EDUCATION» abituriyentlar maktabining yotoqxonasi işga tuşganligi haqida xabar bergan edik. Mana yotoqxona öz faoliyatini boşlaganiga ham bir munça vaqt ötdi. «Xöş, «PROFI EDUCATION» yotoqxonasida ahvol qanday? Öğlimni yotoqxonaga joylaştirsam, ovqatlari qanday, öğlim oç qolmaydimi? Öğil bolalar bilan qiz bolalar qanday ajratilgan? Yotoqxonada nazorat qanday?» degan savollar bilan köplab ota-onalar murojaat qilişdi. Şu sababli biz «PROFI EDUCATION» yotoqxonasidagi hozirgi holatni batafsil ta'riflab berişga qaror qildik. 

Yotoqxona qayerda joylaşgan?

«Profi yotoqxonasi» Toşkent şahrining Mirobod tumanidagi Banokatiy köçasida, xalq tilida «Sarakulka» deb nomlanadigan köçaning muyulişida joylaşgan. 

Yotoqxona neça örinli?

«Profi yotoqxonasi» 200 abituriyentni öz bağriga siğdira oladi. 

Yotoqxonada qiz va ögil bolalarning yaşaşi qay tarzda?

Yotoqxonamizda qiz va öğil bolalar alohida-alohida qavatlarda istiqomat qilişadi. Ular dars tayyorlaşda va yotoqxonada yaşaşda bir-birlariga umuman xalaqit berişmaydi. 

Yotoqxona «bepul» deyilgan edi, şu gap rostmi? 

Ha, rost! Yotoqxonamizda yaşaş bepul, lekin uç mahal ovqat, avtobus xizmati, kiyim tozalaş xizmatlari kabi qöşimça xizmatlar uçun pul tölanadi. 

«Yotoqxona – PROFI EDUCATION» yönalişida avtobus böladi deyişgan edi, bu qançalik haqiqat?



Bu gapimiz ham ayni haqiqat! Hozirgi kunda «PROFI EDUCATION» tasarrufida törtta avtobus xizmat körsatmoqda. Avtobuslar yotoqxonada yaşovçi abituriyentlarning vaqtini zoye ketkazmaslik maqsadida «PROFI EDUCATION» öquv binosiga olib keladi va mazmunli darsdan söng qayta yotoqxonaga olib boradi. 

Yotoqxonada yaşovçi abituriyentlar qayerda va neça mahal ovqatlanişadi? 

«Profi yotoqxonasi»da alohida oşxona ham öz faoliyatini olib bormoqda, bu yerda öquvçilar kuniga uç mahal ovqatlanişadi. Har bir ovqatning tarkibi, sifati öta qattiq nazorat ostiga olingan. Körsatilgan me'yordagi ovqatga töymay qolgan abituriyentlarga yana qöşimça tazrda ovqat beriş ham taşkillaştirilgan. Umuman olganda abituriyent bizda oç qolmaydi. 

Yotoqxona sovuq emasmi?

«Profi yotoqxonasi» Italiyada işlab çiqarilgan isitiş tizimi bilan jihozlangan, taşqarida havo muzlab ketganda ham, yotoqxonaning içida yoz hukmronlik qiladi. 

Yotoqoxonada telefon işlatiş mumkin emas deb eşitgan edik, şu gap rostmi? 

Ha, rost! Yotoqxonada yaşovçi abituriyentlarning darsdan taşqari narsalarga vaqt sarflaşining oldini oliş maqsadida «PROFI EDUCATION» ma'muriyati yotoqxona abituriyentlari uçun telefon işlatişni taqiqlagan, har kuni bir soat, 19:00 dan 20:00 gaça öquvçiga telefon işlatişga ruxsat beriladi.

Yotoqxonada dars jarayoni qanday? 

Yotoqxona binosi içida öquvçilar faqat dars bilan maşğul bölişadi, boşqa ortiqça narsalarga fikri çalğimasligining oldini oliş uçun yotoqxonada alohida nazoratçi-öqituvçilar faoliyat olib borişadi, ular öquvçilar bilan qöşimça darslar olib boriş uçun mas'uldirlar.

Abituriyentning kiyimini kim tozalaydi? 

Abituriyentlar kiyim tozalaşga ham vaqt yöqotmasliklari uçun yotoqxonada alohida kiyim tozalaş xizmati taşkil qilingan. Bu xizmat öquvçilarning kiyimlarini yuviş, tozalaş va dazmollaşni qamrab oladi. Şuningdek, ular har hafta abituriyentlarning çoyşablarini yangilab turişadi. 

Yetarli ball töplay olmagan abituriyentlar yotoqxonadan çiqarib yuboriladimi? 

Ha, har bir oyda «PROFI EDUCATION» tomonidan yotoqxona abituriyentlari uçun minimal ball körsatkiçi qöyilgan, agar öquvçi şunaqa şaroitda yaşab ham öşa balni ololmasa, yotoqxona abituriyentlari safidan çiqariladi, lekin öquvçi «PROFI EDUCATION»dagi öqişini davom ettirişi mumkin. Agar öquvçi öz xatosidan töğri xulosa çiqarib, keyingi oy minimal ball körsatkiçini yiğa olsa, yana yotoqxonaga qaytişi mumkin. 

Agar farzandim kasal bölib qolsa, kimga murojaat qiladi?

«Profi yotoqxonasida» alohida tibbiy mutaxassislar işlaşadi, har bir öquvçining soğligi nazorat ostida böladi, agar farzandingiz kasal bölib qolsa, bizning vraçlarimiz darhol buning oldini oliş payiga tuşişadi, bu tomondan ham aslo xavotir olmasangiz böladi. 

Toşkentlik abituriyentlar ham yotoqxonada turişi mumkinmi?

Yotoqxonadagi öqiş va tartib asli toşkentlik abituriyentlarga ham yoqib tuşdi, hozirda yotoqxonamizda önga yaqin toşkentlik abituriyent istiqomat qilmoqda. 

«PROFI EDUCATION» - maqsadlar tutaşgan manzil!
Telefon: 244 66 06, Telegram: (90) 951 2388

Reklama huquqi asosida