Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon Al-Saud hamda savdo va investitsiyalar vaziri Majid al-Kassabiy bilan muzokaralar ötkazgan. Unda terrorizm ğoyasiga qarşi uruş haqida söz borgani haqida Qodirov Instagram sahifasida ma'lum qilgan.

«Biz terrorizm ham, ekstremizm ham haqiqiy Islom diniga umuman aloqasi yöqligi borasida yakdil fikr bildirdik. Islom duşmanlari sun'iy ravişda musulmonlar örtasida qarama-qarşilik va mojarolarni keltirib çiqariş maqsadida turli ziddiyat nuqtalarini taşkil etmoqda», — deb qöşimça qilgan Qodirov. 

Podşohlik mudofaa vaziri «Çeçenistonda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraş masalasi ijobiy hal etilgani, tinçlik va barqarorlik örnatilgani»dan qoniqiş hosil qilganini ta'kidlagan. «Uçraşuv davomida özaro manfaatli bölgan muhim yönalişlarda qalin hamkorlik qilişga kelişib oldik», — deb yozgan Qodirov. 

Çeçeniston rahbari, şuningdek, Saudiya mudofaa vazirini vataniga taklif qilgan.