Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev Kuba Respublikasi Davlat Kengaşi va Vazirlar Kengaşi Raisi Raul Modesto Kastro Rusga mamlakatni bir neça ön yil davomida boşqargan atoqli siyosat va davlat arbobi Fidel Alexandro Kastro Rusning vafoti munosabati bilan Kuba rahbariyati va butun xalqiga samimiy dalda va ta'ziya izhor etilgan maktub yölladi. Maktub matni Özbekiston TIV saytida keltirilgan.
«Kuba yölboşçisi öz vatanining haqiqiy va sodiq vatanparvari sifatida, bugungi Kubaning asosçi-otasi sifatida tan olingan, Kuba davlatçiligiga mustahkam poydevor örnatgan, mamlakat mustaqilligi va suverenitetini himoya qilişda mardlik va qat'iylikni namoyon qilgan», deyiladi maktubda.
«Kuba xalqining mustahkam irodasi va ozodlikka intilişi, öz taraqqiyot yölini saqlab qolişdagi qat'iy jasorati, heç mubolağasiz, uşbu tarixiy şaxs nomi bilan çambarças boğliqdir.
Fidel Kastro har doim Özbekiston va Kuba örtasidagi döstona munosabatlarni mustahkamlaş, hamkorlik va özaro hurmat tarafdori bölgan.
Kuba yölboşçisining Özbekistonga taşrifini, respublika böylab safari va unutilmas döstona uçraşuvlarini özbekistonliklar yaxşi eslaşadi.
Biz erksevar Kuba xalqining dard va qayğusiga şerikmiz», - deb yozilgan Özbekiston rahbarining maktubida.












