Haitining hukumatparast "Tet Kale" partiyasi nomzodi Jovenel Moiz, dastlabki natijalarga köra, prezidentlik saylovining birinçi turida 55,67 foiz ovoz töplab ğalaba qozonişga muvaffaq bölgan, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.
Muvaqqat saylov kengaşi rahbari Uder Antuanning bayonot berişiça, Jovenel Moiz siyosiy raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirgan. Prezidentlik uçun kuraş olib borgan Jyud Selestan 19,52 foiz, Jan-Şarl Moiz 11,04 foiz va Mariz Narsiss 8,99 foiz ovoz töplay olgan. Xabar qilinişiça, saylovlarning yakuniy natijasi 29 dekabrda e'lon qilinadi.
Umuman davlat rahbarligi lavozimiga 27 nafar nomzod kuraş olib borgan. Biroq, yuqoridagi 4 nafar siyosatçi asosiy da'vogar hisoblangan.
Haitidagi prezidentlik saylovining birinçi turi 2015 yil oktabr oyida ötkazilgan edi, ammo uning natijasi adolatsiz usullardan foydalanilgani va xavfsizlik nuqtai nazaridan bekor qilingandi. Şundan söng, yangi saylovlar 2016 yil 9 oktabrga belgilangan, biroq, keyinroq u ham ortga surilgandi.
Haiti prezidenti Mişel Martelli esa fevral oyida öz lavozimidan iste'fo berdi. Çunki, davlat rahbarini saylaş böyiça ovoz beriş muddati norozilik namoyişlari va xavfsizlikni ta'minlaş maqsadida bir neça marotaba köçirildi. U iste'foga çiqişdan avval, parlament bilan muvaqqat hukumat tuziş borasida kelişib olgan edi. Haiti prezidenti vazifasini bajaruvçi Josolermo Prever 14 fevralda Milliy Assambleya tomonidan uşbu lavozimga saylangandi.












