AQŞning Ogayo universitetida tahsil oluvçi talaba 28 noyabrda ta'lim muassasasi  hududida odamlarga piçoq bilan hamla qildi. CNN telekanalining ma'lum qilişiça, talaba dastlab avtomobilini piyodalarga qarata haydagan, söngra maşinadan çiqib ularga piçoq bilan zarba bera boşlagan.

Voqea oqibatida 9 kişi jarohat olgan, ulardan birining ahvoli oğir. Jinoyatçining özi politsiya tomonidan otib taşlangan. Aniqlanişiça, u kelib çiqişi somalilik talaba bölgan. Ma'lumotlarga köra, jinoyatçi 20 yoş atrofida, ismi Abdul Razzoq Ali Artan bölgan.
 
Politsiya hujum terakt bölişi mumkinligini istesno qilmayapti, çunki guvohlarning aytişiça, bosqinçi heç narsa aytmay, jimgina harakat qilgan. Voqeani tergov qilişga FQB kirişgan.