Orzigul Jumayeva (ism va familiyalar özgartirilgan) 1993 yilda ğuzorlik Ergaş ismli yigitga turmuşga çiqdi. Tört nafar farzandli bölişdi, ammo oiladagi kelişmovçiliklar sabab 2008 yilda ajraşişdi. Bolalarning hammasi otasi qölida qoldi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

Orzigul 2014 yilda işlaş uçun Rossiyaning Novosibirsk şahriga ketdi. Öşa yerda dehqonobodlik bir erkak bilan tanişib, birga yaşadi. Undan homilador bölib qolgaç, 2015 yilning boşida uyiga qaytdi. Közi yorigaç, bolasi bilan onasining uyida yaşay boşladi. 

U haqida eşitgan Adolat ismli ayol Orzigulning farzandini boqib olmoqçi böldi. Çunki Adolatning 18 yillik turmuşidan bolasi yöq edi. Şu sabab ayol dugonasi Rahima bilan Orzigulning yoniga bordi. Gurung uzoq davom etdi. Va nihoyat Orzigul Rossiyaga ketiş uçun unga 2 mln 800 ming söm kerakligini aytdi. Adolat sumkasidan 1 mln 300 ming söm va 300 AQŞ dollari çiqarib berdi. Orziguldan bolani öz ixtiyori bilan berganligi töğrisida tilxat yozdirib oldi. 

Ammo oradan vaqt ötib Orzigul farzandini soğina boşladi va Adolatdan pullarni olib, bolasini qaytarib berişini söradi. Ammo ayol bunga unamadi. Şunda Orzigul uçastka inspektori huzuriga borib, bor gapni aytib berdi.

Jinoyat işlari böyiça Muborak tuman sudi qarori bilan Orzigul Jumayeva hamda Adolat Böronovaga 6 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jazo şartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi. Örtaga tuşgan Nigora Murodova va Rahima Jovliyeva esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Ularga ham jazo şartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilandi. Aşyoviy dalillar hisoblanmiş çaqaloq savdosida işlatilgan pullar davlat daromadiga musodara qilindi.