Yevropada eng yirik avtomobil kompaniyalari yagona elektrozapravkalar tarmog‘ini yaratishadi

Foto: © EPA
Germaniyaning Daimler avtokonserni Yevropada elektromobillarga mo‘ljallangan yagona quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘ini ishlab chiqish va foydalanishga kiritish bo‘yicha birlashgan loyiha haqida ma'lum qildi. Kompaniya matbuot relizida xabar berilishicha, bunday “o‘zaro tushunarli memorandum” BMW Group, Daimler AG, Ford Motor Company va Volkswagen Group vakillari, shuningdek, Audi va Porsche top-menejyerlari tomonidan imzolangan.
"Eng asosiy vazifa – qisqa muddatlarda elektromobil egalarining uzoq masofalarga sayohat qilish imkonini beruvchi quvvatlantirish stansiyalarini yaratishdan iborat, - deyiladi matbuot-relizida. – Bu elektromobillarni ommaviy bozorga integratsiya qilishni yengillashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi".
Avtokonsern bayonotiga ko‘ra, birlamchi rejaga ko‘ra 2017 yilda 400 stansiyani yaratish ko‘zda tutilgan. Loyiha mualliflari 2020 yilda “katta quvvatdagi mingta zaryad nuqtalarini” foydalanishga topshirishga umid bildirishmoqda. Ular asosan katta avtomobil magistrallari va shosselarda joylashtiriladi.
"Rejadagi yuqori tezlikdagi zaryadkaning ehtimoliy quvvati 350 kVt.ni tashkil etadi. Bu energiya zaxirasini tezda tiklash imkonini yaratadi", - ta'kidlaydi Daimler. Zaryad qurilmalarida Yevropaning CCS (Combined Charging System) standarti qo‘llaniladi. Uning quvvati har bir avtomobilga alohida moslashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Senator so‘rov yubormaguncha pul olib yurilgan” - Tanzila Norboyeva import avtolarga ekosertifikat haqida
O‘zbekiston | 18:54
-
Putin G‘arbdan NATO sharqqa tomon kengaymasligi haqida «yozma kafolat» olishni istaydi – OAV
Jahon | 18:50
-
Shveytsariya 71 ta Leopard tankining Germaniyaga sotilishiga ruxsat berdi
Jahon | 18:47
-
“Ta’limga kirayotganimda jamiyatning bunaqa og‘ir ahvoldaligini bilmagandim” – xususiy ta’lim haqida
Jamiyat | 18:34
Mavzuga oid

18:47
Shveytsariya 71 ta Leopard tankining Germaniyaga sotilishiga ruxsat berdi

13:59
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi

11:22
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi

12:20 / 27.05.2025