Jahon | 10:56 / 29.11.2016
16979
1 daqiqa o‘qiladi

Fidel Kastro bilan vidolashuv marosimida dunyoning 25 davlati rahbarlari ishtirok etdi

Kuba inqilobi rahnamosi Fidel Kastro bilan vidolashuv marosimida 25 davlat rahbarlari ishtirok etdi. Bu haqda Venesuelaning El Universal portalida xabar qilingan.

Qayd etilishicha, ular orasida Lotin Amerikasi va Afrikadan 15 prezident (Venesuela, Boliviya, Ekvador, Nikaragua, Kolumbiya, Panama, Meksika, JAR, Ekvatorial Gvineya, Zimbabve, Namibiya va Kabo-Verde rahbarlari) bor. Karib havzasi davlatlaridan 7 davlat bosh vaziri Havanaga kelgan.

Yevropa qit'asidan faqat Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras marosimda hozir bo‘lgan.

Mavzuga oid