Bugun Kolumbiya hududida, Medelin şahri yaqinida bortida 22 nafar futbolçi ham bölgan yölovçi samolyot aviahalokatga uçradi. Samolyot bortida Braziliyaning «Şapekoense» jamoasi futbolçilari ham bölgan. Ular Medelinga Kopa Sudamerikana musobaqasida «Atletiko Nasonal»ga qarşi 1 dekabrda ötkazilişi lozim bölgan uçraşuvga uçib ketayotgandi.
20 jamoa iştirok etadigan Braziliya A seriyasida 37-turdan keyin 9-örinni egallab turgan «Şapekoense» jamoasi Janubiy Amerika mintaqasi klublari örtasidagi Kopa Libertadores turniridan keyin nufuzi jihatdan ikkinçi örinda turadigan Kopa Sudamerikano musobaqasi finaliga çiqqandi.
Bortda jami 81 kişi bölgan: 72 yölovçi (48 kişi klub delegatsiyasi vakillari va 21 nafar jurnalist) va ekipajning 9 nafar a'zosi.
Kolumbiyadagi samolyot halokati hududida olingan suratlar tarqaldi
Omon qolganlar: 5 kişi, jumladan 3 futbolçi, bir massajçi hamda styuardessa omon qolgan. Ular ayni vaqtda şifoxonaga yetkazilgan.
Mahalliy politsiya 75 kişi halok bölganini tasdiqladi.
Dastlab omon qolgan futbolçilar «Şapekoense» himoyaçisi Alan Ruşel va yarim himoyaçi Jyekson Follmann ekani aytildi.

Keyinçalik darvozabon Markos Danilo Padile ham tirik qolgani ma'lum böldi.

Lamia aviakompaniyasi samolyoti halokatdan oldin favqulodda vaziyat haqida yerdagilarni ogohlantirgan: elektr jihozlar işdan çiqqandi. Samolyot Medelin şahri yaqinida, aeroportga 50 kilometr masofa qolganida qulagan. Qulaşdan oldin portlaş röy bermagani ba'zi yölovçilarning omon qolişiga sabab böldi.
«Şapekoense» aviahalokatga uçragani sababli Janubiy Amerikada xalqaro öyinlar bekor qilindi
«Şapekoense» jamoasi örta siğimli BAe 146 samolyotida uçgandi. Aynan şu samolyotdan bir oy oldin Argentina terma jamoasi va Lionel Messi foydalangandi.















