Saudiya Arabistonida kutilmaganda havo harorati keskin pasayib, qor yoğdi. Qiş arafasida mamlakat böylab köp yoğingarçilik kuzatildi, jalalar ba'zi şaharlar va aholi punktlarida sel oqişiga sabab böldi. Bu haqda qirollikning boş meteorologik boşqarmasiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Yomon ob-havo şaroiti tufayli avtomobil harakati izdan çiqqan. Poytaxt hududda ğayriodatiy past haroratlar tufayli qor yoğgan. Çöllar qor bilan qoplangan.
Ob-havo mutaxassislari yoğingarçilik Ar-Riyod hududida, Şarqiy viloyatda, Makka va Madinada, qirollikning janubi-ğarbiy şaharlarida butun hafta davomida yoğişidan ogohlantirişmoqda. Qirollik qutqaruvçilari mamlakat aholisi va mehmonlarini ehtiyotkor bölişga va iloji bölsa köçaga çiqmaslikka çaqirganlar.












