Eron TIV rahbari maslahatçisi Husayn Şayxulislom Sputnik Persian agentligiga bergan intervyusida Tehron Rossiyaga Hamadon aviabazasidan foydalanişga imkon bermoqçi ekanini bildirdi. Suriyadagi vaziyat şuni talab qilsa, Rossiya harbiy-kosmik kuçlari samolyotlari bazadan foydalana oladi. 

«Agar Rossiyada bunga ehtiyoj paydo bölsa hamda bu masala Moskva bilan hal etilsa, Rossiya HKK Suriyadagi harbiy missiyasini amalga oşiriş uçun Hamadon aviabazasidan foydalana oladi. Biroq, yana bir bor ta'kidlayman, bizning qurolli kuçlarimiz nazorati ostida», — deya Şayxulislom sözlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti agentligi.  

Uning alohida uqdirişiça, Tehron «heç qaçon Hamadon aviabazasini Rossiya ixtiyoriga töliq topşirmagan».

Avvalroq, Eron mudofaa vaziri Husayn Dexqon Hamadondagi aviabazaning Rossiya HKK ixtiyoriga berilişi ehtimolini rad etmagan edi.