Internet orqali sözlarni tarjima qiliş xizmatini taklif etuvçi Dictionary.com asosçilari 2016 yilning eng ommabop sözini aniqlaşdi. Unga köra, bu söz «ksenofobiya»dir, deb xabar qilmoqda CNN.

Sayt mualliflarining aytişlariça, bu yil insonlarni eng köp qiziqtirgan söz ana şu ibora bölgan. 

Luğat uşbu tuşunçaning bir neçta izohini keltirgan. Ular orasida «qörquv yoki begona biron şaxsga nisbatan körolmaslik hissi» yoxud «qörquv yoki madaniy jihatdan umum qabul qilingan tamoyillardan farqlanuvçi kişilarni qabul qila olmaslik» kabilar bor.

Bill Klinton AQŞ prezidenti bölgan davrda mehnat vaziri bölgan Robert Reyx bu vaziyatga şunday izoh bergan: «Ksenofobiyani globallaşuv darajasining ösişiga nisbatan reaksiya deb qabul qiliş mumkin. Biroq u bizning özimizni ajratadi.  Ksenofobiya haqoratlaş va qörqitişni, yoki undan ham yomonroq holatni ifodalaydi, u bizni bağrikenglikning ziddi bölgan hurmatsizlik va körolmaslik tomon undaydi».

Ma'lumki, AQŞ prezidentlik poygasi çoğida respublikaçilar partiyasi nomzodi Donald Tramp bir neça marotaba ksenofobiyada ayblandi. U musulmonlarning mamlakatga kirişini taqiqlaş, noqonuniy muhojirlarni Meksikaga deportatsiya qiliş va ikki davlat örtasida çegara devorlari barpo etiş xususidagi fikrlari uçun şunday ayblovlarga duçor bölgan edi.