Ford’ning Yevropa bölinmasi yangi avloddagi Fiesta xetçbekining rasmiy suratlarini çop etdi. U jahon premerasiga bir neça soat qolganida paydo bölgan. Model Germaniyadagi maxsus tadbirda 29 noyabr kuni keçqurun taqdim etildi.

Tasvirda ST-Line nusxasi yönalişidagi beş eşikli xetçbekni köriş mumkin. U ança tajovuzkor tögiçlarga ega bölib, 10 kegayli disklarga ega. Yangi avloddagi modelning dizayni hozirgi “Fokus”ni eslatib yuboradi. Biroq, radiatorning tezda közga taşlanuvçi panjarasi va avvalgi “Fiyesta”ga öxşaş faralar qolgan.

Ford hozirça heç qanday texnik tafsilotlarni oşkor etmadi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, yangilikning motor gammasiga uç va tört silindrli dvigatellar örnatiladi. 

Taxminlarga köra, Fiesta yangi xetçbeki ketayotgan model platformasini saqlab qolgan va avvalgidek beş hamda uç eşikli variantlarda taklif qilinadi.