Instagram ijtimoiy tarmoği bundan buyon xabarlar skrinşotlari haqida ma'lumotlar beradi. Life.ru'ga köra, yangilik instagramning barça xabarlariga taalluqli emas, ular faqat foydalanuvçi Instagram Direct orqali yuboruvçi xabarlarga tegişli.
Bir haftadan ortiqroq vaqt avval mobil ilovaning navbatdagi versiyasida Instagram Direct'da suratlar, videolar hamda jonli translyatsiyalar (hozirça hamma foydalanuvçilar foydalana olmaydi) yöqolib borayotganligi ma'lum böldi. Efir nihoyasiga yetgaç, uning tarixi ham yöqoladi.
"Instagram nima uçundir foydalanuvçilarni yana bir yangilikdan bexabar qoldirdi: kimdir uning yöqolib borayotgan kontentidan skrinşot olişga urinsa, foydalanuvçi bu haqida tizimli xabar oladi", - deb yoziladi manbada.
Bu ba'zi foydalanuvçilarning noroziligiga sabab böldi. Hattoki nufuzli The Verge resursi ham dastlab yangilik Instagram Direct'gagina emas, barça xabarlarga tegişli ekanligi haqida ma'lumot berdi.












