Qozoğistonning Toldiqörğonida (Olmaota viloyati ma'muriy markazi) amaldagi prezident Nursulton Nazarboyevga qöyilgan haykal tantanali ravişda oçildi, deb xabar qilmoqda viloyat ma'muriyati axborot xizmati.

"Bugun Toldiqörğon şahrida mustaqillikning 25 yilligi arafasida davlat rahbari Nursulton Abişeviç Nazarboyevga örnatilgan haykal tantanali ravişda oçildi", — deyiladi xabarda.

Balandligi 4,2 metr bölgan haykal bronzadan işlangan bölib, uning 4,5 metrlik asosi jigar rang granitdan tayyorlangan.

Eslatib ötamiz, bu Qozoğistonda Nazarboyevga örnatilgan birinçi haykal emas. Uning figurasi Olmaota va Ostonada ham qöyilgan. Şuningdek, davlat rahbariga boşqa mamlakatlarda ham haykallar örnatilgan.