Italiyaning Mazzanti kompaniyasi özining ilk modeli - Evantra superkarining yangi nusxasini taqdim etdi. Modifikatsiya 771 indeksini qölga kiritdi. U dvigatel foydalilik darajasi böyiça belgilanadi.

Yangilik yetti litrli V8 atmosfera dvigateli bilan jihozlangan bölib, boşlanğiç versiyada agregat 70 ot kuçini kamroq berardi. Bu esa superkarga 3,2 soniyada yuz kilometr tezlikka yetiş imkonini yaratadi. 

Foto: Motor.ru

Evantra 771 kuçliroq dvigateldan taşqari özgaça aerodinamik tösiq bilan ajralib turadi. Şuningdek, unda boşqa antiqanot örnatildi.

Superkar Bolonyada dekabr oyi boşlaridagi avtoşouda taqdim etiladi.