Agar xorijiy professional kontentli audiovizual servislar egalarining uluşini çeklaş töğrisida qonun qabul qilinsa, YouTube videoxostingi Rossiya hududidan ketişi mumkin. Bu haqida "Kommersant" gazetasi xabar berdi.
"Audiovizual servis taşkilotçisi" tuşunçasiga foydalanuvçilar özlari işlagan kontentlarni joylaştiruvçi YouTube ham kiradi. Manbaga köra, qonun loyihasining qabul qilinişi YouTube'ning Rossiyadan ketişiga olib keladi.
Videoxosting ham professional, ham foydalanuvçi kontentga ega, biroq hozirda birini ikkinçisidan ajratuvçi usul yöq. Bundan taşqari, qonunning qabul qilinişi qöşimça infratuzilma yaratiş tufayli xarajatlarning oşişiga olib kelişi mumkin.
Naşr ma'lumotlariga köra, "Vympelkom" va MTS aloqa operatorlari ham xorijiy onlayn-kinoteatrlar faoliyatining çeklanişi töğrisida qonunning qabul qilinişiga qarşi çiqişmoqda.












