AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ma'lum qildiki, 15 dekabr kuni Nyu-Yorkda öz oilasi iştirokida katta matbuot anjumani taşkil etadi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasi orqali yozgan.

«Men Nyu-Yorkda 15 dekabr kuni katta matbuot anjumani taşkil qilmoqçiman. Unda biznesim böyiça yakuniy qarorimni ma'lum qilaman. Endi bor e'tiborimni mamlakat boşqaruviga qaratiş va Amerikani yana buyuk mamlakat qiliş uçun işlaş maqsadidaman!» — deya yozgan Tramp.

Trampning sözlariga köra, buni qonun talab etmaydi, ammo u ongli ravişda şunday qadam taşlaşi kerak. U prezident öz kompaniyalari tufayli mojarolarga aralaşib qolmasligi kerak deb hisoblamoqda.

«Men barça biznes kelişuvlaridan çiqişi böyiça zarur yuridik hujjatlar tayyor. Prezidentlik men uçun muhimroq vazifa sanaladi!» — deydi Tramp.

Bundan avvalroq OAVda Tramp öz biznes imperiyasini topşirişi kerakligi haqida aytilgandi.