Fransiyada protez işlab çiqaruvçi kompaniya tomonidan ötkazilayotgan sun'iy yurak klinik sinovlari töxtatib qöyildi. Bunga sun'iy qurilma örnatilgan beşinçi bemorning ölimi sabab böldi. Bu haqida AFP agentligi ANSM'ga asoslanib, xabar berdi.
"ANSM Carmat'dan (protez işlab çiquvçi) beşinçi bemorning ölimi haqida xabar oldi. Klinik sinovni töxtatişga qaror qilindi", - deya ta'kidladi manba.
Carmat'da bemorning ölimi va implantant örtasida töğridan-töğri boğliqlik mavjudligi aniqlanmaganligini ma'lum qilişgan. Marhumga Carmat klinik sinovlarining asosiy fazasi davomida yaratilgan sun'iy yurak örnatilgan. Bu amaliyot avgust oyida ötkazilgan, uning natijalaridan kelib çiqib, hukumatdan ommaviy tijorat işlab çiqarişga ruxsat olinişi kerak bölgan.
Carmat yangi avlod sun'iy yuraklarining klinik sinovlarini 2013 yildan beri olib bormoqda. Öşa yili ilk 4 bemorga transplantatsiya qilişga ruxsat olingan. Bemorlar hayotining amaliyotdan keyingi maksimal davomiyligi 9 oyni taşkil qilgan.
Frantsuz professori Alen Karpante tomonidan yaratilgan qurilma sun'iy yuraklarning boşqa modellaridan taşqi tomondan sozlaş zarurati yöqligi bilan ajralib turadi. Airbus aviatsion-kosmik konserni va bir qator boşqa yuqori texnologik fransuz kompaniyasi mutaxassislarining qöllab-quvvatlaşi ostida işlab çiqilgan yangi yurak deyarli xuddi biologik yurak kabi işlaydi.













