Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada yangi pullarda hayvon yog‘laridan foydalanish imkoniyati o‘rganilmoqda
Angliya banki rezinadan yasaluvchi yangi besh funtli kupyuralarda hayvon yog‘larini qo‘llash imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda, deyiladi bank axborotnomasida.
Avvalroq, Britaniya vegan va vegetarian jamiyatlari vakillari yangi rezina banknotalarda, hayvonlardan olingan mahsulotlar, xususan yog‘lardan foydalanilayotgani xususida noroziligini bildirgan edi. Bayonotda aytilishicha, Angliya banki mavjud muammoga jiddiy e'tibor beradi va fuqarolarning tashvishlarini hurmat qiladi.
"Bu muammo endi aniqlandi, Bank shartnoma imzolaganda, bundan xabari yo‘q edi", — deyiladi xabarda.
Banknotalarni tayyorlash uchun material yetkazib beruvchi Innovia kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, polimer granulalarni tayyorlashning dastlabki bosqichida hayvon yog‘lari juda kam miqdorda qo‘llaniladi.
"Innovia ayni vaqtda yetkazib berish zanjirlari ustida tinimsiz ishlamoqda, u Angliya bankini tergov jarayonidan xabardor qilib turadi hamda so‘nggi qarorini ma'lum qiladi", — deyiladi Britaniya Markaziy banki xabarida.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026