Visual Capitalist infografikasiga asos bölgan tadqiqot doirasida 2025-yilda 140 ta mamlakatda 140 mingdan ortiq kişi sörovdan ötkazilgan.
Natijalarga köra, Özbekiston va Tojikiston ilm-fanga işonç darajasi böyiça AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiya kabi yirik ilmiy markazlarga ega davlatlardan yuqori örin olgan. Finlandiya, Germaniya va Şvetsiya ham birinçi öntalikka kirgan. Rossiya esa 67-örinda qayd etilgan.
Reyting mamlakatlarning ilmiy salohiyati yoki kaşfiyotlari sonini emas, sörov iştirokçilarining ilm-fanga munosabatini aks ettiradi. Ayrim davlatlarda yuqori darajada işonç bildirganlar uluşi 10 foizga ham yetmagan.
Tadqiqotçilar ilm-fanga işonç va ilmiy savodxonlik örtasida barqaror boğliqlik borligini körsatuvçi işonçli dalillarni topmagan. Mamlakatdagi örtaça ilmiy savodxonlik yoki taʼlimga davlat xarajatlari bilan işonç darajasi örtasida ham aniq boğliqlik kuzatilmagan.
Wellcome maʼlumotlariga köra, 2025-yilda dunyo böyiça respondentlarning 72 foizi ilm-fanga «maʼlum darajada» yoki «juda kuçli» işonişini bildirgan. 2020-yilda bu körsatkiç 80 foiz bölgan. Demak, beş yilda umumiy işonç darajasi sakkiz foiz punktga pasaygan.
Bu global körsatkiç işonçning ikki darajasini birlaştiradi. Özbekiston uçun keltirilgan 63,8 foiz esa aynan yuqori darajada işonç bildirganlar uluşidir.
Garvard global salomatlik instituti taşkil etgan muhokamada ilm-fanga işonçsizlik ijtimoiy tengsizlik, institutlar faoliyatidagi kamçiliklar, yolğon axborot tarqalişi va siyosiy qutblaşuv bilan boğliq bölişi mumkinligi taʼkidlangan. Şu bois işonçni mustahkamlaşda ilmiy natijalarni jamoatçilikka tuşunarli yetkaziş va jamoat institutlarining işonçli işlaşi ham muhim omillar sifatida körsatilgan.

















