Yangi Moskva hududida ming kişiga möljallangan masjidga ega madaniy-ma'rifiy bino barpo etilişi mumkin. Ayni vaqtda, quriliş işlariga homiylik qiluvçilar ma'lum, deya oydinlik kiritgan RIA Novosti bilan suhbatida Rossiya musulmonlari yiğini rahbari, Moskva muftiysi Albir Krganov.
"Bugun biz Moskva hukumatiga Moskva şahri va Markaziy mintaqa musulmonlarining "Moskovskiy muftiyat" diniy boşqarmasi sifatida yer uçastkasi ajratişni sörab murojaat qilamiz. Bugun Yangi Moskva hududida masjid quriş masalasi hal etiladi. U yerda Rossiyadagi boşqa an'anaviy dinlarning inşootlarini barpo etiş böyiça qaror qabul qilingan. Endi musulmonlar ham şu borada yakuniy xulosani kutmoqda. Öylaymanki, u ijobiy böladi", — degan Krganov.
Bugungi kunda Moskvada 4ta masjid faoliyat yuritadi. Bular: Jome masjidi, Zamoskvoreçedagi tarixiy masjid, Poklonnaya tepaligidagi masjid hamda "Yordam" masjidi. Poytaxt musulmon jamoatçiligi bir neça marotaba musulmonlar uçun diniy binolar yetişmasligidan arz qilişgan edi.












