Rossiya prezidenti Vladimir Putin Katta Kreml saroyida Federatsiya Kengaşi vakillariga murojaat qildi. Prezident murojaatida iqtisod, ijtimoiy muammolar içki siyosatga köproq e'tibor berildi.
U Rossiyaning taşqi siyosatdagi asosiy tamoyillari haqida gapirib ötgan.
«Biz heç qaçon özimizga duşmanlar izlamaganmiz va bundan keyin ham şunday bölib qoladi. Biz ziddiyatlarga kirişişni istamaymiz. Bizga döstlar kerak. Biz öz manfaatlarimizga daxl qilinişiga yöl qöymaymiz. Biz öz kelajagimizni özimiz quramiz. Biz özgalarning maslahatlari va körsatmalarisiz öz yölimizda mustaqil rivojlanişda davom etamiz», — degan prezident.
Bundan taşqari, Putin Rossiya xavfsizlik va barça xalq va millatlar rivojlanişi uçun bir xil imkoniyat yaratilişi tarafdori ekanini qayd etgan.
«Biz xalqaro huquq normalarini hurmat qiliş va köp qirrali dunyoda yaşaş tarafdorimiz», degan u.
Qayd etilişiça, Rossiya BMT, Yigirmalik guruhi, OTOII (ATES) kabi taşkilotlar tarkibida özining ŞHT, KXŞT va BRIKS taşkilotlaridagi hamkorlari bilan ijobiy kun tartibini oldinga surib boradi.












