Toşkent şahrida yaşovçi Luiza Turğunova (ism-familiyalar özgartirilgan) osonlik bilan boylik orttiriş ilinjida, dastlab özi, söng boşqa şaxslarning nomiga milliy valyutaga AQŞ dollarini Markaziy bank tomonidan belgilangan qiymatlarda “VISA EXCHANGE” tölov plastik kartalariga tuşiriş bilan şuğullanadi, deb yozmoqda “Huquq” naşri.
Söng plastik karta oçilgan şaxslardan mazkur kartalarni olib, işga kirişadi, ya'ni respublika hududidan taşqarida hamda çegaraga yaqin hududlarda plastik kartalarni noqonuniy sotib oliş va naqdlaştiriş bilan şuğullanuvçi jinoiy şeriklari bilan kelişgan holda ularni AQŞ dollariga sotadi. Uşbu dollarlarni esa “qora bozor”da milliy valyutaga almaştirib, olingan daromadni şaxsiy manfaati uçun işlatadi.
U kelajakdagi dabdabali hayotini ta'minlanişi uçun 2015 yil davomida hamda 2016 yilning mart oyiga qadar 13 nafar fuqaroni 50 ming sömdan haq evaziga yollaydi. Avval özining, keyin yollanma şaxslarning nomiga ATIB “Ipoteka bank”ning Olmaliq filialidan “VISA EXCHANGE” xalqaro tölov plastik kartalari oçib berilişiga erişadi.
L.Turğunova dastlabki tergovda şaxsini aniqlaşning imkoni bölmagan Salem ismli ayol bilan jinoiy til biriktiradi. Özining va 13 nafar fuqaroning nomiga oçilgan “VISA EXCHANGE” xalqaro tölov plastik kartalariga 27 ming 985 AQŞ dollarini Markaziy bank tomonidan belgilab berilgan qiymatda sotib olib, Salemga ötkazadi va u orqali AQŞ dollariga naqdlaştirib, “qora bozor”da mavjud tafovut evaziga noqonuniy foydani qölga kiritadi.
Uşbu işni körib çiqqan jinoyat işlari böyiça Olmaliq şahar sudi L.Turğunovani JKning tegişli moddalari bilan aybdor deb topib, 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinladi.












