Ukraina janubida raketa öquv maşqlari boşlandi. Bu haqida Ukrainaning "Yug" Havo qömondonligi matbuot markazi rahbari Vladimir Kryjanovskiy "112 Ukraina" telekanali efirida ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, öquv maşqlari örta uzoqlikda harakatlanuvçi zenit raketalarining nazorat sinovlaridan iborat bölgan. Gap S-300 raketalari haqida bormoqda.
"Hammasi rejadagidek ketmoqda", - dedi Kryjanovskiy.
"Otişmalar sektoriga nazar soladigan bölsak, Qrim havo kengligiga eng yaqin yondaşuv nuqtasi 30 kilometrdan kamroqni taşkil etadi. Xalqaro qonunçilik me'yorlariga köra, bu ança katta masofa hisoblanadi", - qöşimça qildi "Yug" Havo qömondonligi matbuot markazi rahbari.
Keyinroq Rossiya transport vazirligi rahbar örinbosari Ukraina öquv maşqlari hududlari Rossiya aviakompaniyalarining Qrim yönalişidagi parvozlariga ta'sir ötkazmasligini aytdi. Rosaviatsiyada Kiyev otişmalar zonasini Rossiyadan ğarb tomonga surganligini ma'lum qilişdi. Ukraina hukumatining şu mazmundagi xati idoraga kelib tuşgan.
Rosaviatsiyada ma'lum qilişlariça, Ukrainaning harakatlari barça xalqaro kelişuvlarga zid bölib, bu fuqarolik samolyotlari uçun xavf uyğotişi mumkin.











