Yaponiyadagi 3ta xususiy kompaniya fazoviy turizmni rivojlantiriş böyiça qöşma korxona taşkil etişga kelişib oldi. U 2023 yilning dekabrida iş boşlaşi kutilmoqda.

All Nippon Airways yirik aviataşuvçisi va HIS sayyohlik operatori loyihani moliya hamda işçilarni öqitiş orqali qöllab-quvvatlaş niyatida. Ikki fazoviy samolyotni PD Aerospace vençur kompaniyasi işlab çiqadi. U Yaponiyaning JAXA aerofazoviy agentligi bilan hamkorlikda işlab boradi.

Har bir qurilma ikki uçuvçidan taşqari yana 6 nafar sayyohni qabul qilişi mumkin. Fazoviy samolyot Yer uzra 100 kilometr balandlikka kötariliş imkoniga ega. Sayohat 90 daqiqa davom etib, fazoviy turistlar beş daqiqa içida vaznsizlik holatiga tuşadilar. Bunday ğaroyib sarguzaşt uçun esa 124 ming dollardan voz keçiş kerak böladi.

PD Aerospace kompaniyasi istalgan kişini vaznsizlik şaroitida işlaşga örgatuvçi dunyodagi birinçi kurslar oçilişi haqida ma'lum qildi.