Jamiyat | 11:30 / 02.12.2016
4862
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyaning 2017 moliya yilidagi harbiy xarajatlari rekord darajagacha oshiriladi

Foto: Reuters

Yaponiya 2017 yil 1 aprelda boshlanadigan 2017 moliya yilida harbiy xarajatlar miqdorini rekord darajada, ya'ni 5,1 trln iyengacha (46,36 mlrd dollar) oshiradi. Bu haqda "Mayniti" gazetasi xabar bermoqda.

Asosiy e'tibor Shimoliy Koreyaning ballistik raketalarni muntazam va muvaffaqiyatli otishi ortida havo hujumiga qarshi mudofaani oshirish va "chekka orollar" deb ataluvchi, birinchi navbatda, Yaponiya va Xitoy o‘rtasida bahsga sabab bo‘layotgan Senkaku orolining Xitoyning Sharqiy Xitoy dengizidagi faolligining oshishi sababli mudofaasini ta'minlash bilan bog‘liq xarajatlarga qaratiladi. 

Shuningdek, Yaponiya mudofaa kuchlarini ballistik raketalarni urib tushira oladigan havoga qarshi mudofaa raketalari hamda kuchaytirilgan razvedka funksiyalariga ega suv osti kemalari bilan ta'minlashga mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Yaponiyada harbiy xarajatlar ketma-ket beshinchi yil oshirib kelinmoqda. Joriy yilda Yaponiya mudofaa qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 5,054 trln iyen (45,9 mlrd dollar) ajratilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid