BAAda Milliy kun — amirliklarning yagona davlatga birlaşganligining 45 yilligi nişonlanmoqda.
Şu munosabat bilan mamlakat böylab milliy bayroqlar osilgan, binolar qizil, oq, qora va yaşil tuslarda yoritilgan.
Barça amirliklarda bayram tantanalari bölib ötmoqda, keçga borib, keng qamrovli muşakbozlik taşkil etilişi rejalaştirilgan.
BAA rahbari şayx Xalifa Al Naxayyan mamlakat aholisini Milliy kun bilan qutlagan. Uning tabrigida, xususan, BAAning 2021 yilgaça belgilab olgan strategiyasi haqida söz boradi. Unga köra, "huquq va adolat, raqobatli iqtisodiyot, barqaror atrof-muhit, integratsiyalaşgan infratuzilmalar, yuqori darajadagi ta'lim va soğliqni saqlaş tizimi, bağrikenglik va zamonaviylikka asoslangan davlat quriş rejalaştirilgan".
"Biz terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraş, mojaro va ziddiyatlarni tinç yöl bilan hal etiş böyiça çoralarimizni davom ettiramiz",- deyiladi murojaatda.
Davlat rahbari, şuningdek, "arab mintaqasiga xorijiy aralaşuv yuzasidan xavotirlarini bildirgan". Aynan şu holat "ekstremizm öçoğini paydo qilgan" va "köplab davlatlarning hududiy yaxlitligi va birligiga rahna solgan".
Britaniya protektorati bölgan 6 amirlik: Abu-Dabi, Ajman, Dubay, Umm-al-Kayvayn, Fujayra va Şarjaning birlaşuviga doir şartnoma 1971 yil 2 dekabrda imzolangan edi. Yettinçi Ras-al-Xayma amirligi 1972 yilda federatsiyaga qöşilgandi.












